Asosiy kontentga o‘tish
Chorshanba 27-may 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Yosh fermerlar uchun amaliy tajriba maktabi tashkil etildi

26.05.2026
24

O‘zLiDeP Samarqand viloyati kengashi tashabbusi bilan Xalq bilan birga umummilliy loyihasi doirasida “Yosh fermerlar tajriba maktabi” faoliyati yo‘lga qo‘yilib, qishloq xo‘jaligi sohasiga qiziquvchi yoshlar uchun o‘quv seminari tashkil etildi.

Seminarda yosh fermerlar, soha mutaxassislari va tajribali tadbirkorlar ishtirok etib, fermerlik, chorvachilik, zamonaviy agrotexnologiyalar, tejamkor sug‘orish va bozorda ishlash bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.

Seminarda tajribali fermer Haydar O‘roqov o‘z tajribasi va muvaffaqiyat sirlari bilan o‘rtoqlashdi. Shuningdek, yoshlarga qishloq xo‘jaligida daromadli faoliyat yuritish bo‘yicha muhim maslahatlar berildi.

Ta’kidlanishicha, loyiha doirasida Samarqand viloyatida 500 dan ortiq yoshlarni qamrab olish rejalashtirilgan. Kelgusida esa “Yosh fermerlar tajriba maktabi” respublika bo‘ylab keng yo‘lga qo‘yiladi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?