Asosiy kontentga o‘tish
Juma 07-avgust 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Virtual qabulxona
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash va imtiyozli kreditlardan foydalanishda yuzaga kelayotgan muammolar deputatlik nazoratiga olindi

06.08.2026
163

Xatirchi tumanidagi uchrashuvlarda o‘zini o‘zi band qilgan yoshlar tomonidan imtiyozli mikroqarz olishda ayrim muammolar yuzaga kelayotganini bildirishdi.

Ushbu murojaatlar asosida O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi O.Musurmonov Markaziy banki raisiga deputatlik so‘rovi yubordi. So‘rovda o‘zini o‘zi band qilganlik muddati 6 oydan oshganligi yoki yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tmaganlik kredit ajratishni rad etish uchun huquqiy asos hisoblanadimi, degan masalaga aniq huquqiy izoh berish so‘ragan.

Shuningdek so‘rovda yuzaga kelgan muammoni ijobiy hal qilish va rad etilgan murojaatlarni qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha chora ko‘rish so‘ralgan.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?