Yoshlar bilan ochiq muloqot: takliflar qo‘llab-quvvatlandi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O'zLiDeP fraksiyasi a’zolari Madina Baratova va Shaxnoza Xolmaxamatova ishtirokida “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida Toshkent International University talabalari bilan uchrashuv tashkil etildi.
Tadbir davomida mamlakatimizda olib borilayotgan yoshlarga oid davlat siyosati, yoshlarning qonunchilikni takomillashtirish jarayonlaridagi o‘rni hamda ular uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida atroflicha ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, ishtirokchilarning fikr-mulohazalari tinglanib, yoshlar tomonidan bildirilgan taklif va tashabbuslar qo‘llab-quvvatlandi. Ochiq muloqot ruhida o‘tgan uchrashuvda yoshlar bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Tadbirda, shuningdek, Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan uning boy tarixiy merosi, adolat va bunyodkorlik g‘oyalarining bugungi yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati haqida ham fikr almashildi.