Asosiy kontentga o‘tish
Dushanba 13-aprel 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Zarbdorda sayyor qabul: odamlar dardi eshitildi

13.04.2026
28

Jizzax viloyati Zarbdor tumanida O‘zLiDePning “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida sayyor qabul o‘tkazildi.

O‘zLiDeP deputati Erkin Xolmatov Zarbdor tumanidagi bir nechta mahallalar aholisi bilan uchrashib, ularning muammo va takliflarini tingladi. Unda partiya faollari, mahalla vakillari va tadbirkorlar ham ishtirok etdi.

Qabul davomida yo‘l, gaz ta’minoti, tadbirkorlikni rivojlantirish kabi masalalar bo‘yicha 10 dan ortiq murojaatlar ko‘rib chiqildi. Ko‘plab muammolar shu joyning o‘zida hal etildi.

Fuqarolardan biri uyida xususiy bog‘cha ochish va muzlatkich qurish bo‘yicha murojaati ijobiy hal qilinganini bildirib, minnatdorlik izhor etdi.

Bunday uchrashuvlar aholi dardini eshitish va muammolarni joyida hal etishda muhim ahamiyatga ega.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?