Asosiy kontentga o‘tish
Shanba 02-may 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Zominda tashkil etilgan sayyor qabulda 38 ta murojaat joyida yechim topdi

01.05.2026
64

O‘zLiDePning “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida Zomin tumanida sayyor qabul tashkil etildi.

Tadbirda Oliy Majlis Senat a’zolari, Qonunchilik palatasi deputatlari, mahalliy Kengash va mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

Sayyor qabul davomida fuqarolardan jami 62 ta murojaat kelib tushdi. Ularning asosiy qismi tibbiyot, ta’lim, elektr energiyasi, ichimlik suvi, gaz ta’minoti, chiqindilarni olib chiqish hamda ijtimoiy yordam masalalariga oid bo‘ldi. Murojaatlar atroflicha ko‘rib chiqilib, 38 tasi shu joyning o‘zida ijobiy hal etildi, qolgan masalalar bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.

Tadbirda, shuningdek, aholi bandligini ta’minlash, yoshlar va ayollarni kasb-hunarga o‘qitish, bitiruvchi yosh mutaxassislarni hududga jalb etish va ularga munosib shart-sharoit yaratish masalalari bo‘yicha takliflar ilgari surildi. Bu kabi sayyor qabullar aholi bilan muloqotni mustahkamlash va muammolarni amaliy hal etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?