Asosiy kontentga o‘tish
Seshanba 19-may 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

E'lonlar

“Biznes klub” loyihasi ishga tushiriladi

29.04.2026 31
“Biznes klub” loyihasi ishga tushiriladi

O’zLiDeP tomonidan amalga oshirilayotgan “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida “Biznes klub” loyihasi ishga tushiriladi.
Mazkur loyiha doirasida tadbirkorlar va biznes vakillari bilan muntazam uchrashuvlar o‘tkazilib, sohadagi muammolar va takliflar muhokama qilinadi.
Biznes klubning ilk uchrashuvida tadbirkorlarning, jumladan tashqi reklamani joylashtirishi bilan bog‘liq muammolari muhokama qilinadi.
Muhokamalar natijasida, tadbirkorlarning muammolariga amaliy yechimlar topish bo‘yicha qonunchilikni takomillashtirishga oid takliflar ishlab chiqiladi.
Manzil: O’zLiDeP binosi
Sana: 2026-yil 4-may
Vaqt: 10:00
Ro‘yxatdan o‘tish uchun: @onlayn_murojaat_uzlidep
Taklif va muammolar uchun: @TadbirkorlarBilanUchrashuv_bot
Sizlarning taklif va tashabbuslaringiz tadbirkorlik muhitini yaxshilash va yangi imkoniyatlar yaratishda muhim ahamiyatga ega.
Barcha manfaatdor tadbirkorlarni O’zLiDePning “Biznes klub” loyihasida faol ishtirok etish va tashabbuskor bo‘lishga chaqiramiz!

Saytni yangi dizayni yoqdimi?