“Deputat bilan ochiq muloqot” loyihasi o‘tkaziladi
Deputat bilan ochiq muloqot onlayn shaklda 5-iyun kuni soat 16:00da O’zLiDePning YouTube’dagi rasmiy kanalida bo‘lib o‘tadi.
O‘zingizni qiziqtirayotgan masalalar yuzasidan O’zLiDeP deputatlariga murojaat yo‘llashingiz mumkin.
Ochiq suhbatning ilk sonida O‘zLiDePning Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasining quyidagi deputatlari ishtirok etadi:
- Rahmonova Zebiniso Po‘latovna;
- Ubaydullayeva Sevara Abdullayevna;
- Yuldashev Oybek Baxodir o‘g‘li.