Talaba-yoshlar bilan ochiq muloqot va O‘zLiDeP stipendiyasiga start beriladi
2026-yil 7-may kuni soat 11:00da Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida O‘zLiDePning “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida yoshlar bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tadi.
Muloqotda O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi Aktam Xaitov, fraksiyasi a’zolari, talaba-yoshlar hamda institutning professor-o‘qituvchilari ishtirok etadi.
Muloqot doirasida O‘zLiDeP stipendiyasiga start beriladi. Unga ko‘ra, Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining faol va iqtidorli talabalariga partiya stipendiyasi topshiriladi.