Asosiy kontentga o‘tish
Juma 10-iyul 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

“Xalq bilan birga” umummilliy dasturi aholi muammolarini hal etishning samarali mexanizmiga aylanmoqda

09.07.2026
66

O‘zLiDeP Toshkent viloyati Kengashi tomonidan “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida Nurafshon shahrida sayyor qabul tashkil etildi. Qabul jarayonida aholi tomonidan bandlik, ijtimoiy himoya, kommunal xizmatlar, tadbirkorlik, yer va kadastr, yo‘l infratuzilmasi hamda tibbiy xizmat sifatiga oid 58 dan ortiq murojaat ko‘tarildi.
Murojaatlar mas’ul tashkilotlar va deputatlar ishtirokida atroflicha ko‘rib chiqilib, ularning 45 ga yaqini shu joyning o‘zida hal etildi. Qo‘shimcha o‘rganish talab etilgan 8 ta murojaat ijrosi deputatlik nazoratiga olinib, mas’ullarga aniq vazifalar yuklatildi.
Sayyor qabullar aholi bilan ochiq muloqotni mustahkamlash, muammolarni joyida hal etish va inson manfaatlarini ta’minlashning samarali mexanizmiga aylanmoqda. “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida bu kabi uchrashuvlar fuqarolarning davlat idoralariga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?