Asosiy kontentga o‘tish
Juma 06-noyabr 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Virtual qabulxona
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Namanganda “Ishbilarmon ayol – 2026” ko‘rik-tanlovining hududiy respublika bosqichi g‘oliblari aniqlandi

06.11.2026
49

O‘zLiDeP tomonidan “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida tashkil etilgan “Ishbilarmon ayol – 2026” ko‘rik-tanlovining Namangan viloyati hududiy Respublika bosqichi yakunlandi.

O‘n ikki yildan buyon an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan tanlov bu yil ham yuqori saviyada tashkil etildi. Viloyatdagi 754 ta mahallada faoliyat yuritayotgan 1 563 nafar tadbirkor ayolning ish faoliyati o‘rganilib, avgust–sentyabr oylarida o‘tkazilgan tuman va shahar bosqichlarida 237 nafar ishtirokchi qatnashdi. Saralash natijalariga ko‘ra, eng munosib 14 nafar tadbirkor ayol hududiy bosqichga yo‘llanma oldi. Davlatobod tumanidagi viloyat Madaniyat markazida o‘tkazilgan tadbirda partiya va davlat idoralari vakillari, deputatlar, tadbirkorlar hamda partiya faollari ishtirok etdi.

Tanlovda ishtirokchilar o‘z biznes loyihalari, ishlab chiqarayotgan mahsulotlari, xizmatlari va erishgan yutuqlarini namoyish etdilar. Yakuniy natijalarga ko‘ra, birinchi o‘rin ta’lim sohasida bir qator maktabgacha ta’lim tashkilotlari va xususiy maktab faoliyatini boshqarayotgan, “ZIS SCHOOL” asoschisi Shahnoza Gʻaniyevaga nasib etdi. Ikkinchi o‘rin “Mehrli Nurlar” kunduzgi parvarish markazi rahbari, “Hamroh” — “WEPS” dasturi doirasida 5 ming AQSH dollari grantini qo‘lga kiritgan Iroda Anvarbekovaga berildi. Uchinchi o‘rin esa “NazanFashion Academy” asoschisi, modelyer-dizayner Nazan Erman Tunjayga topshirildi. U bugunga qadar 100 nafardan ortiq xotin-qizga o‘z hunarini o‘rgatgan.

“Ishbilarmon ayol – 2026” ko‘rik-tanlovi xotin-qizlarning tadbirkorlik salohiyatini namoyon etish, yangi biznes tashabbuslarini rag‘batlantirish, tajriba almashish va muvaffaqiyatli tadbirkorlik namunalarini ommalashtirish uchun muhim maydon bo‘ldi. Shuningdek, tanlov ayollarning iqtisodiy faolligini oshirish, ularning bandligini ta’minlash va jamiyatdagi o‘rnini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?