O'zLiDeP va Yaponiya Liberal-demokratik partiyasi hamkorligi yangi bosqichga chiqmoqda
Hurmatli Aktam Xaitov janoblari!
Yaqinda O‘zbekistonga amalga oshirgan tashrifimiz chog‘ida menga va delegatsiyamizga ko‘rsatilgan yuksak darajadagi mehmondo‘stlik, shuningdek, yo‘llagan samimiy maktubingiz uchun cheksiz minnatdorligimni izhor etish maqsadida ushbu xatni yo‘llayapman. Uchrashuvimiz menda ham juda chuqur va unutilmas taassurot qoldirdi, iliq so‘zlaringizdan g‘oyatda xursand bo‘ldim.
Ayniqsa, Yaponiya Liberal-demokratik partiyasi va O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi o‘rtasida 3 may kuni hamkorlik memorandumi muvaffaqiyatli imzolanganidan juda mamnunman. Ushbu tarixiy voqea O‘zbekiston xalqi va partiya tarafdorlari orasida ijobiy munosabat uyg‘otganini eshitish men uchun katta quvonchdir.
Mazkur kelishuv o‘zaro hurmat, ishonch va strategik sheriklikka asoslangan O‘zbekiston – Yaponiya munosabatlarini yanada mustahkamlash yo‘lidagi muhim burilish nuqtasi bo‘lgani haqidagi fikringizga to‘liq qo‘shilaman. Partiyalarimiz hamkorlikda ikki davlat o‘rtasidagi ko‘p qirrali aloqalarni yanada rivojlantirishga xizmat qiladigan salmoqli va samarali qo‘shma loyihalarni amalga oshirishiga ishonchim komil.
Mening samimiy salomimni va eng ezgu tilaklarimni partiyangiz rahbariyati hamda a’zolariga, shuningdek, O‘zbekiston xalqiga yetkazishingizni so‘rayman.
Partiyalarimiz o‘rtasidagi mustahkam sheriklikni rivojlantirish yo‘lida siz bilan yaqindan hamkorlik qilishni astoydil kutib qolaman.
Samimiyat ila,
KONO Taro,
Yaponiya Vakillar palatasi deputati,
Yaponiya Liberal-demokratik partiyasining
Xalqaro byurosi bosh direktori