Asosiy kontentga o‘tish
Shanba 03-oktyabr 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Virtual qabulxona
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Kreativ tadbirkor yoshlar — istiqbolimiz tayanchlari

02.10.2026
84

O‘zLiDeP Qashqadaryo viloyati Kengashi Qarshi davlat texnika universitetida “Kreativ tadbirkor yoshlar” loyihasi doirasida tadbir tashkil etildi. Unda vohaning turli hududlaridan tashrif buyurgan tashabbuskor yoshlar xizmat ko‘rsatish, ishlab chiqarish, raqamli texnologiyalar, ta’lim, qishloq xo‘jaligi, hunarmandchilik va boshqa yo‘nalishlardagi startap loyihalari hamda biznes g‘oyalarini taqdim etdilar.

Tadbirda deputatlar, partiya faollari, universitet o‘qituvchi va talabalari, mahalliy yoshlar ishtirok etib, istiqbolli loyihalarni amaliyotga tatbiq etish, yoshlarni tadbirkorlikka keng jalb qilish va ularning innovasion tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi. Ishtirokchilarga biznes g‘oyalarni shakllantirish, tadbirkorlik faoliyatini boshlash, kredit va moliyalashtirish imkoniyatlaridan foydalanish, shuningdek, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

“Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasidagi mazkur loyiha orqali mahalla va qishloqlardagi iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularning kreativ g‘oya va startaplarini qo‘llab-quvvatlash, yangi ish o‘rinlari yaratishga ko‘maklashish maqsad qilingan. Shuningdek, yoshlar loyihalarini qishloq xo‘jaligi, xizmat ko‘rsatish va ishlab chiqarish sohalariga tatbiq etish, fermer xo‘jaliklari bilan hamkorlikni kuchaytirish hamda startap g‘oyalarini amalga oshirishdan eksportgacha bo‘lgan jarayonda qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?