22 nafar chinozlik yigit-qiz O’zLiDeP safiga qo‘shildi
O‘zLiDeP Toshkent viloyati Kengashi tomonidan Chinoz tumani yoshlari bilan o‘tkazilgan ochiq muloqotda Prezidentimiz tomonidan Yoshlar kuni munosabati bilan ilgari surilgan tashabbuslarning mazmun-mohiyati haqida so‘z yuritildi. Uchrashuvda yoshlarning taklif va muammolari tinglanib, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda faolligini oshirish masalalari muhokama qilindi.
Tadbirda O‘zLiDePning dasturiy maqsadlari va “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Yoshlar bilan ochiq muloqot ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va jamiyat hayotidagi ishtirokini kengaytirishga xizmat qildi.
Uchrashuv yakunida 22 nafar yigit-qiz O‘zLiDeP safiga qo‘shilish istagini bildirib, partiya a’zoligiga qabul qilindi. Bu yoshlarning mamlakatimizda kechayotgan islohotlarda faol ishtirok etishga va siyosiy jarayonlarga daxldorlik hissini mustahkamlashga bo‘lgan qiziqishi ortib borayotganining yana bir amaliy ifodasi bo‘ldi.