Asosiy kontentga o‘tish
Chorshanba 11-fevral 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

“Mahallaning ishbilarmon ayoli” loyihasi xotin-qizlarni tadbirkorlikka bo‘lgan qiziqishini oshirmoqda

10.02.2026
114

Mahallalarda xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning muhim omili hisoblanadi. Ayollarni ishbilarmonlik faoliyatiga jalb etish orqali yangi ish o‘rinlari yaratilmoqda, oilalar daromadi oshmoqda va kambag‘allikni qisqartirishga xizmat qilmoqda. Shu ma’noda O'zLiDeP tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “Mahallaning ishbilarmon ayoli” loyihasi muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Chirchiq shahridagi “Semurg‘” mahallasida tashkil etilgan tadbir doirasida ishtirokchilar “Dilchehra” tibbiy klinikasi hamda “CHIRCHIQ MEGA BIZNES” Jeans Production Company MCHJ faoliyati bilan tanishishdi. Ushbu korxonalarda yaratilgan zamonaviy mehnat sharoitlari, xotin-qizlar va yoshlarning bandligi ta’minlanayotgani, mahsulotlarning xorijiy bozorlarga eksport qilinayotgani alohida e’tirof etildi.

Tadbirda so‘zga chiqqan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Gulshana Xudoyorova mahalla sharoitida kichik biznes va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish orqali ijtimoiy barqarorlikka erishish mumkinligini ta’kidladi. Tadbir yakunida faol tadbirkor ayollar O'zLiDePning tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?