Asosiy kontentga o‘tish
Seshanba 04-avgust 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Virtual qabulxona
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

50 nafar ishchisi bo‘lgan korxona “Ishbilarmon ayol” ko‘rik-tanlovining tuman bosqichida g‘olib bo‘ldi

03.08.2026
103

Denovlik tadbirkor Madina Muhsinova rahbarligidagi oilaviy korxona bugun nafaqat ishlab chiqarishni rivojlantirmoqda, balki aholi bandligini ta’minlashga ham munosib hissa qo‘shmoqda. Avtomobillar uchun yopkichlar ishlab chiqarish, tikuvchilik va qandolatchilik yo‘nalishlarida faoliyat yuritayotgan korxonada 50 nafar ishchi, jumladan, 5 nafar imkoniyati cheklangan inson doimiy ish bilan ta’minlangan.
Madina Muhsinovaning mehnatsevarligi va tashabbuskorligi “Ishbilarmon ayol” ko‘rik-tanlovida ham munosib e’tirof etildi. U tanlovning tuman bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Shuningdek, Fotima Islomova hamda Mavluda Qahhorova kabi faol tadbirkor ayollar ham sovrindorlar safidan o‘rin oldi.
Xotin-qizlarning tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, yangi ish o‘rinlari yaratish va mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirishga qaratilgan islohotlar o‘zining amaliy samarasini bermoqda. Denovlik tadbirkor ayollarning muvaffaqiyati yurtimizda tashabbuskorlik, mehnatsevarlik va ishbilarmonlikni rag‘batlantirishning yana bir yorqin namunasidir.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?