Asosiy kontentga o‘tish
Shanba 23-may 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Boysundagi sayyor qabulda 73 murojaat ijobiy hal etildi

22.05.2026
56

O'zLiDeP Surxondaryo viloyati Kengashi tomonidan “Xalq bilan birga” loyihasi doirasida Boysun tumanida navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi. Tadbirda senatorlar, mahalliy Kengash deputatlari, tuman hokimligi va kommunal soha mutasaddilari ishtirok etib, aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Qabul davomida fuqarolarning turli sohalarga oid murojaatlari tinglanib, ularni hal etish yuzasidan amaliy choralar ko‘rildi.

Sayyor qabulda ish bilan ta’minlash, ijtimoiy yordam, tibbiy xizmat sifatini yaxshilash, shuningdek gaz, suv va elektr ta’minoti bilan bog‘liq jami 135 ta murojaat ko‘rib chiqildi. Har bir murojaat mas’ullar ishtirokida atroflicha o‘rganilib, fuqarolarga huquqiy va amaliy tushuntirishlar berildi. Qabul yakuniga ko‘ra, murojaatlarning 73 tasi shu joyning o‘zida ijobiy hal etildi.

Qo‘shimcha o‘rganish va vaqt talab etadigan masalalar esa mutasaddilar nazoratiga olinib, ularning ijrosini ta’minlash bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi. Bu kabi sayyor qabullar aholi muammolarini joyida hal etish, davlat organlari va fuqarolar o‘rtasidagi ochiq muloqotni mustahkamlash hamda inson qadrini ulug‘lashga qaratilgan amaliy ishlar samarasini ko‘rsatmoqda.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?