Asosiy kontentga o‘tish
Shanba 04-iyul 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Bo‘stonliqdagi sayyor qabulda 60 dan ortiq murojaat joyida hal qilindi

03.07.2026
91

O‘zLiDePning «Xalq bilan birga» umummilliy loyihasi doirasida Bo‘stonliq tumanida navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi. Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Jasur Jumayev, tuman Kengashidagi partiya deputatlik guruhi a’zolari hamda tegishli tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi.

Qabulda 100 dan ortiq fuqaro ishtirok etib, obodonlashtirish, elektr, gaz, ichimlik suvi, bandlik, ijtimoiy himoya, tibbiy yordam va boshqa masalalar yuzasidan murojaatlar bildirdi. Ko‘tarilgan 60 dan ortiq masalaning aksariyati joyida hal etildi, vaqt talab qiladigan murojaatlar esa deputat nazoratiga olindi.

Shuningdek, ijtimoiy ko‘makka muhtoj ayrim fuqarolarga amaliy yordam ko‘rsatildi. Uy-joyini ta’mirlashga muhtoj oilaga qurilish materiallari va zarur jihozlar yetkazib berildi, davolanishga muhtoj fuqaro dori-darmon bilan ta’minlandi. Ichimlik suvi hisoblagichini o‘rnatish kabi bir qator masalalar ham mas’ullar ishtirokida joyida hal qilindi.

Bunday sayyor qabullar aholini qiynayotgan muammolarni joyiga chiqqan holda o‘rganish, ularga tezkor yechim topish va odamlarning dardini eshitishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?