Asosiy kontentga o‘tish
Juma 21-avgust 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Virtual qabulxona
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Buxorolik tadbirkorlarga kibertahdidlardan himoyalanish ko‘nikmalari o‘rgatildi

20.08.2026
22

O‘zLiDePning “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida Buxoro shahrida “Kiberxavfsiz tadbirkorlik” aksiyasi o‘tkazildi.

Partiyaning “Yoshlar qanoti” tashabbusi bilan Kiberjinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda tadbirkorlarga kiberjinoyatlarning oldini olish, elektron to‘lovlar xavfsizligi hamda shaxsiy va korporativ ma’lumotlarni himoya qilish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.

Muloqot davomida internet firibgarligidan himoyalanish, kuchli parollardan foydalanish, shubhali havola va elektron xatlarni aniqlash kabi masalalar yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Ta’kidlanganidek, aholi, mahallalar, korxona va tashkilotlarda olib borilayotgan targ‘ibot ishlari natijasida joriy yilning o‘tgan davrida Buxoro shahrida kiberjinoyatchilik holatlari 2025 yilning shu davriga nisbatan 463 taga kamaygan.

Raqamli texnologiyalar tadbirkorlikning ajralmas qismiga aylanib borayotgan bugungi sharoitda kiberxavfsizlik qoidalariga amal qilish biznes barqarorligi va mijozlar ishonchi uchun muhim omildir.

“Kiberxavfsiz tadbirkorlik” kabi amaliy aksiyalar tadbirkorlarning raqamli savodxonligini oshirish, zamonaviy kibertahdidlardan himoyalanish ko‘nikmalarini shakllantirish va xavfsiz raqamli biznes muhitini yaratishga xizmat qilmoqda.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?