Asosiy kontentga o‘tish
Payshanba 18-iyun 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Chevarlikdan muvaffaqiyat sari

17.06.2026
121

“Mahallaning ishbilarmon ayoli” loyihasining Marhamat tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi. Tadbir “Marhamat baraka chevarlari” korxonasida tashkil etilib, unda ayollar tadbirkorligi va ishlab chiqarish faoliyati bilan yaqindan tanishildi.

Bugungi kunda korxonada trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarilib, 70 nafar xotin-qiz doimiy ish bilan ta’minlangan. Tayyorlanayotgan mahsulotlar “Uz cotton” brendi ostida ichki va tashqi bozorlarga yetkazib berilmoqda.

Mazkur loyiha mahallada ayollar bandligini oshirish, ularning daromad manbaini kengaytirish va tadbirkorlikka qiziqishini kuchaytirishga xizmat qilmoqda. Korxona faoliyati bu borada yaxshi namuna sifatida e’tirof etilmoqda.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?