Davlat gerbi — milliy g‘urur va davlatchilik ramzi
O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi qabul qilingan kun munosabati bilan O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasida “O‘zbekiston gerbi – huquqiy davlat ramzi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Tadbirda Davlat gerbining qabul qilinishi tarixi, uning huquqiy ahamiyati hamda milliy davlatchiligimizni mustahkamlashdagi o‘rni haqida atroflicha fikr almashildi.
Davra suhbati davomida Davlat gerbiga bag‘ishlangan videorolik namoyish etildi. Ishtirokchilar gerbimizda mujassam bo‘lgan milliy qadriyatlar, mustaqillik g‘oyasi va vatanparvarlik ruhi haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, davlat ramzlariga hurmat har bir fuqaroning muqaddas burchi ekanini ta’kidladilar.
Tadbir davlat ramzlarini e’zozlash, yoshlar qalbida Vatanga muhabbat va milliy g‘urur tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qildi. Davlat gerbi — mustaqilligimiz, birligimiz va yurtimiz taraqqiyotining betakror timsoli ekani yana bir bor e’tirof etildi.