"Deputat mahallada" loyihasi orqali aholi murojaatlariga yechim topildi
“Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida Kitob tumanidagi “Ali Qushchi” mahallasida ochiq muloqot tashkil etildi.
Unda O‘zLiDeP tuman Kengashi vakillari, fuqarolar, tadbirkorlar va jamoatchilik faollari ishtirok etib, aholini qiynayotgan muammolar muhokama qilindi.
Muloqot davomida murojaatlar tinglanib, masalalar yuzasidan tushuntirishlar berildi hamda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda yechim topish choralari belgilandi.
Bu kabi uchrashuvlar aholi bilan muloqotni kuchaytirish va muammolarni joyida hal etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.