Asosiy kontentga o‘tish
Chorshanba 11-fevral 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Deputat tashabbusi: mahallalarda ko‘prik, suv va yo‘l muammolariga amaliy yechim topildi

09.02.2026
103

O'zLiDePdan Amudaryo tuman Kengashiga saylangan deputat Madamin Kazakov aholi murojaatlari asosida faoliyati davomida 7 ta deputat so‘rovi kiritib, ular ijrosini nazoratga oldi. Xususan, “Farafon” mahallasida avariyaviy holatga kelgan ko‘prik masalasi o‘rganilib, Islam taraqqiyot banki mablag‘lari hisobidan qayta qurish ishlari boshlandi va mart oyida yakunlanishi kutilmoqda.

Shuningdek, “Farafon”, “Yangiobod” va “Do‘stlik” mahallalarida tomorqa yerlarini sug‘orishdagi suv tanqisligiga amaliy yechim topildi. Deputat so‘rovi asosida 2 ta nasos o‘rnatilib, 320 xonadonning tomorqasiga suv yetib borishi ta’minlandi. Ayni paytda kanallarni betonlash ishlari ham olib borilmoqda.

Mahallalardagi 21 ta ko‘chaning og‘ir ahvoli ham e’tibordan chetda qolmadi. Tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ushbu ko‘chalarga shag‘al-qum aralashmasi yotqizish ishlari mart oyidan boshlanadi. Bu ishlar aholi uchun qulay va xavfsiz sharoit yaratish, turmush sifatini oshirishga xizmat qiladi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?