Asosiy kontentga o‘tish
Payshanba 19-mart 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Dual ta’limni rivojlantirish — bu faqat ta’lim tizimini emas, balki butun iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi

19.03.2026
17

Dual ta’lim — bugungi kunda iqtisodiyot ehtiyojlariga mos, amaliy ko‘nikmalarga ega kadrlar tayyorlashning eng samarali mexanizmlaridan biriga aylanmoqda. Ayniqsa, ta’lim va ishlab chiqarishni uyg‘unlashtirish orqali yoshlarni bozor talabiga javob beradigan mutaxassis sifatida shakllantirish imkoni kengaymoqda. Shu jihatdan, O‘zLiDeP tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “Kasbiy ta’lim istiqbollari” loyihasi muhim ahamiyat kasb etmoqda.

2026 yil 18 mart kuni o‘tkazilgan “Dual ta’lim va ishlab chiqarish hamkorligini kuchaytirish” mavzusidagi davra suhbatida sohadagi dolzarb muammolar va ularning yechimlari atroflicha muhokama qilindi. Xususan, ish beruvchilar ishtirokining yetarli emasligi, o‘quv dasturlarining bozor talabiga to‘liq mos kelmasligi, moddiy-texnika bazaning yetishmasligi kabi masalalarga alohida e’tibor qaratildi. Shu bilan birga, ta’lim jarayonini takomillashtirish bo‘yicha aniq takliflar ilgari surildi.

Ta’kidlash joizki, dual ta’limni rivojlantirish — bu faqat ta’lim tizimini emas, balki butun iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi. U orqali yoshlar bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish va malakali o‘rta bo‘g‘in kadrlar zaxirasini yaratish mumkin. Demak, mazkur yo‘nalishdagi islohotlarni izchil davom ettirish mamlakat taraqqiyotining muhim omili hisoblanadi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?