Asosiy kontentga o‘tish
Seshanba 16-iyun 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Gʻijduvondagi sayyor qabulda 50 dan ortiq murojaat ko‘rib chiqildi

12.06.2026
32

Gʻijduvon tumanida “Xalq bilan birga” dasturi doirasida sayyor qabul o‘tkazildi. Unda mahalliy Kengash deputatlari, mutasaddi tashkilotlar rahbarlari, mahalla faollari va yoshlar ishtirok etib, aholi murojaatlari tinglandi.

Qabul davomida 50 dan ortiq murojaat ko‘rib chiqildi. Asosiy masalalar yo‘llarni ta’mirlash, elektr va suv ta’minoti, jamoat transporti, chiqindilar muammosi, bolalar maydonchasi va maktabgacha ta’lim tashkiloti qurish bilan bog‘liq bo‘ldi.

Shuningdek, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, imtiyozli kredit ajratish va aholi uchun qulay shart-sharoit yaratish yuzasidan ham amaliy choralar belgilandi. Bunday sayyor qabullar aholi muammolarini joyida hal etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?