Asosiy kontentga o‘tish
Juma 01-may 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Hazoraspda 329 nafar ayol bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tdi

30.04.2026
29

O‘zLiDePning "Xalq bilan birga" umummilliy dasturi doirasida Hazorasp tumanida “Salomatlik sari” aksiyasi tashkil qilindi. Aksiya doirasida bepul tibbiy ko‘rik o‘tkazilib, “Pichoqchi”, “Gulzor”, “Munis Xorazmiy”, “Ming otliq” mahallalarida yashovchi 329 nafar xotin-qizlar shifokorlar ko‘rigidan o‘tdi.

Ko‘riklar davomida ayollar salomatligiga alohida e’tibor qaratilib, ayniqsa mammografiya tekshiruvlari o‘tkazildi. Zamonaviy ko‘chma uskunalar yordamida kasalliklarni erta aniqlash va oldini olish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.

Natijada 17 nafar fuqaroga stasionar davolanish uchun yo‘llanma, 22 nafar ishtirokchiga ambulator tavsiyalar berildi. Shuningdek, ehtiyojmand oilalarga dori-darmon va tibbiy vositalar tarqatildi hamda manzilli yordamlar ko‘rsatildi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?