Asosiy kontentga o‘tish
Payshanba 02-aprel 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Deputat tashabbusi bilan mahallaga toza ichimlik suvi kirib keldi

31.03.2026
34

Jomboy tumanidagi Sariqipchoq mahallasida uzoq yillar davomida aholini qiynab kelgan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy ishlar olib borildi. Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Nodir To‘rayev tashabbusi bilan ichimlik suvi ta’minoti masalasi ijobiy hal qilinib, aholi toza suv bilan ta’minlandi. Bu esa nafaqat turmush sharoitini yaxshiladi, balki sanitariya va gigiyena talablarining ta’minlanishiga ham xizmat qildi.

Shuningdek, mahalladagi ichki yo‘llar holatini yaxshilash borasida ham sezilarli o‘zgarishlar amalga oshirildi. Ilgari og‘ir ahvolda bo‘lgan 3 kilometrlik ichki yo‘llar to‘liq asfaltlashtirilib, aholi uchun qulay harakatlanish imkoniyati yaratildi. Ayniqsa, yomg‘irli kunlarda yuzaga keladigan muammolarga barham berilgani fuqarolar tomonidan mamnuniyat bilan qarshi olinmoqda.

Amalga oshirilgan bu ishlar Sariqipchoq mahallasi aholisining ko‘p yillik muammolarini hal etishda muhim qadam bo‘ldi. Eng muhimi, deputatning tashabbuskorligi va mas’uliyati tufayli hududda amaliy natijalarga erishilib, aholi manfaatlari ta’minlanmoqda.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?