Asosiy kontentga o‘tish
Yakshanba 14-iyun 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Mahallaning ishbilarmon ayol g‘olibi 15 nafar xotin-qizni ishli qildi

12.06.2026
24

“Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida Urganch tumanida “Mahallaning ishbilarmon ayoli” tanlovi o‘tkazildi. Tanlovda tadbirkorligi va tashabbuskorligi bilan ajralib turgan Dilnura Atabayeva hamda Nilufar Yusupova g‘olib bo‘lib, tuman bosqichiga yo‘llanma oldi.

Mevazor mahallasida faoliyat yuritayotgan Dilnura Atabayeva tikuvchilik va hunarmandchilik yo‘nalishida ish olib bormoqda. U bugungi kunda 15 nafar xotin-qizni doimiy ish bilan ta’minlagan.

Yoshlik mahallasi tadbirkori Nilufar Yusupova esa shirinliklar syexini tashkil etib, 5 nafar ayolni ish bilan ta’minladi. Kelgusida u faoliyatini yanada kengaytirishni rejalashtirmoqda.

Bu kabi tanlovlar xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning tadbirkorlik faolligini oshirish va yangi ish o‘rinlari yaratishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?