Asosiy kontentga o‘tish
Juma 21-avgust 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Virtual qabulxona
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Ichki bozorda narxlar barqarorligini saqlash yuzasidan jamoatchilik eshituvi o‘tkazildi

20.08.2026
26

Xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi tashabbusi bilan aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash, ichki bozorda narxlar barqarorligini saqlash hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik masalalari yuzasidan jamoatchilik eshituvi o‘tkazildi.

Unda viloyatning tegishli boshqarmalari va Bozorlar va savdo komplekslari uyushmasi rahbarlarining hisobotlari eshitilib, sohadagi mavjud muammolar muhokama qilindi.

Eshituvda qayd etilganidek, 2026–2027 yillar qish-bahor mavsumi uchun jami 20 955 tonna oziq-ovqat mahsulotlaridan iborat kafolatlangan zaxira shakllantirish rejalashtirilgan. Uning tarkibida 12,4 ming tonna kartoshka, 1,7 ming tonna piyoz, 4,5 ming tonna sabzi va 2,3 ming tonna guruch mavjud bo‘lib, zaxiralar “foodmonitoring.uz” platformasiga integratsiya qilingan 104 ta omborxonada joylashtirilishi belgilangan.

Eshituvda ayrim hududlardagi narxlar tebranishi, sovitkichli omborxonalar qurilishidagi sustkashliklar ham tanqidiy tahlil qilindi. Meva-sabzavotlarni qayta ishlash quvvatlarini kengaytirish, zamonaviy agrologistika va sovutish majmualarini ko‘paytirish, investorlarga yer ajratishda shaffoflikni ta’minlash bo‘yicha takliflar bildirildi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?