Asosiy kontentga o‘tish
Shanba 18-iyul 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

“Ishbilarmon ayol – 2026” tanlovining tuman bosqichi g‘oliblari aniqlandi

16.07.2026
73

O'zLiDePning “Xalq bilan birga” dasturi doirasida Kosonsoy tumanida “Ishbilarmon ayol – 2026” ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi tashkil etildi. Tanlovda mahallalardan tashrif buyurgan tadbirkor ayollar art dizayn, milliy hunarmandchilik, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish, oziq-ovqat ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalaridagi loyihalari bilan ishtirok etdilar. Hakamlar hay’ati ishtirokchilarni mahsulot sifati, innovasion yondashuv, biznes yuritish tajribasi, yaratilgan ish o‘rinlari va iqtisodiy samaradorlik mezonlari asosida baholashdi.

Tanlov yakuniga ko‘ra, “Navbahor” MFY vakili Nargiza Sharafxonova art dizayn yo‘nalishi bo‘yicha 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. 2-o‘rin Zilola Abdusamiyevaga, 3-o‘rin esa Mohira Boltaboyevaga nasib etdi. Gʻoliblar va faol ishtirokchilar diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

–  Qariyb 10 yildan buyon art dizayn yo‘nalishida faoliyat yuritaman, – deydi N.Sharafxonova. – Shu vaqt davomida milliy va zamonaviy uslublarni uyg‘unlashtirgan turli bezak buyumlari va dizaynerlik mahsulotlarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydik. Hozirga qadar 30 nafarga yaqin shogird tayyorladik, ularning bir qismi bugun mustaqil tadbirkor sifatida ish olib bormoqda.

Tadbir yakunida ta’kidlanganidek, “Ishbilarmon ayol – 2026” tanlovi xotin-qizlarning tadbirkorlik salohiyatini ro‘yobga chiqarish, ularni yangi biznes tashabbuslariga rag‘batlantirish va qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratishga xizmat qilmoqda. O'zLiDeP tomonidan tadbirkor ayollarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan amaliy loyihalarni izchil davom ettirish belgilandi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?