“Mahallaning ishbilarmon ayoli” tanlovining Qarshi tuman bosqichi g‘oliblari aniqlandi
O‘zLiDePning “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida “Mahallaning ishbilarmon ayoli” ko‘rik-tanlovining Qarshi tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi. Tanlovda mahallalardan 54 nafar faol va tashabbuskor tadbirkor xotin-qiz ishtirok etib, o‘z mahsulotlari va biznes faoliyatini namoyish qildi.
Tadbirda ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash, aholi bandligini ta’minlash va mahallalarda kichik biznesni rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Tanlov yakunlariga ko‘ra, A.Navoiy mahallasidan “ELONA EL FASHION” milliy brendi rahbari Lobar Ro‘zimurodova 1-o‘rinni qo‘lga kiritib, viloyat bosqichiga yo‘llanma oldi. Shuningdek, Latofat Hamrayeva va Shohida Usmonova ham g‘oliblar safidan joy oldi. Tadbir yakunida ishtirokchilar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.