Asosiy kontentga o‘tish
Payshanba 18-iyun 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Kadastr tizimida ochiqlik va shaffoflik masalasi muhokama qilindi

17.06.2026
111

Xalq deputatlari To‘raqo‘rg‘on tuman Kengashidagi O'zLiDeP deputatlik guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda tuman Kadastrlar palatasida korrupsiyaning oldini olish va aholiga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Yig‘ilishda kadastr sohasida ochiqlikni ta’minlash, davlat xizmatlarini raqamlashtirish, murojaatlarga tezkor javob berish va korrupsiyaviy holatlarning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

Deputatlar va partiya faollari tomonidan sohadagi muammolar tahlil qilinib, xizmatlar shaffofligini yanada kuchaytirish, profilaktik choralarni kengaytirish hamda aholi murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish yuzasidan takliflar bildirildi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?