Asosiy kontentga o‘tish
Yakshanba 12-iyul 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni kengaytirish tashabbusi qo‘llab-quvvatlandi

09.07.2026
88

O‘zLiDePning “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida Gurlan tumanida sayyor qabul tashkil etildi. Unda aholi murojaatlari bilan bir qatorda yoshlar ma’naviyatini yuksaltirishga qaratilgan takliflar ham muhokama qilindi. Jumladan, “Chinobod” mahallasi fuqarosi Odilbek Karimov mahallada kutubxona tashkil etish tashabbusini ilgari surdi.
Murojaat mas’ul tashkilotlar ishtirokida atroflicha ko‘rib chiqilib, taklif ijobiy baholandi. Natijada mahallada kutubxona tashkil etish, kitob fondini shakllantirish hamda uning faoliyati uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni boshlash yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi. Murojaat ijrosi deputatlik nazoratiga olindi.
Kitobxonlikni rag‘batlantirishga qaratilgan bunday tashabbuslar yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning bilim va dunyoqarashini kengaytirish hamda mahallalarda ma’naviy muhitni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. “Xalq bilan birga” dasturi doirasida aholi takliflarining amaliy yechim topayotgani xalq bilan ochiq muloqotning samarasini yana bir bor namoyon etmoqda.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?