Mashhura Ahmedova “Ishbilarmon ayol – 2026” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichida qatnashadi
Gʻijduvon tumanida “Ishbilarmon ayol–2026” ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi. Tanlovda mahallalar bosqichida g‘olib bo‘lgan 8 nafar faol va tashabbuskor xotin-qiz o‘z bilim, tajriba va tadbirkorlik salohiyatini namoyon etishdi.
Yakuniy baholash natijalariga ko‘ra, dizayner Mashhura Ahmedova 1-o‘rinni qo‘lga kiritib, tanlovning viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Shuningdek, Maftuna Usmonova va Dilayra Qudratova ham munosib ishtirok etib, sovrindorlar safidan o‘rin oldi.
Tadbir yakunida g‘olib va sovrindorlar diplom, tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Shuningdek, “OzLiDeP targ‘ibotchisi” loyihasi doirasida bir guruh faol ishtirokchilar partiya safiga qabul qilindi. Bu esa jamiyat hayotida faol, tashabbuskor va ishbilarmon xotin-qizlar safini yanada kengaytirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.