Asosiy kontentga o‘tish
Payshanba 20-avgust 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Virtual qabulxona
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Mehnat migrantlariga o‘z biznesini boshlashi uchun amaliy ko‘mak ko‘rsatiladi

17.08.2026
59

Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashida O‘zLiDeP deputatlik guruhi ishtirokida mehnat migratsiyasi masalalariga bag‘ishlangan jamoatchilik eshituvi o‘tkazildi. Unda xorijda ishlayotgan yurtdoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni kasb va tilga o‘qitish, mehnat huquqlarini himoya qilish masalalari muhokama qilindi.

Bugun Xorazm viloyatidan 30 dan ortiq davlatda 156 ming nafar fuqaro yashamoqda, shundan 130 ming nafari ishlash maqsadida xorijga chiqqan. Viloyatda 42 ta texnikum va 15 ta xususiy o‘quv markazida fuqarolar 30 ga yaqin talab yuqori kasblarga hamda xorijiy tillarga o‘qitilmoqda. Shuningdek, 4 ta “kasb + til” qo‘shma ta’lim loyihasida 1,2 ming nafar fuqaro tahsil olmoqda.

Jamoatchilik eshituvida deputatlar xorijga ishlash uchun ketayotgan fuqarolarni noqonuniy vositachilardan himoya qilish, ishonchli vakansiyalar yagona bazasini yaratish, ish beruvchilar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalarni ko‘paytirish va xorijda huquqi buzilgan yurtdoshlarga tezkor huquqiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha takliflarni ilgari surdilar. Migratsiya sohasida deputatlik monitoringini kuchaytirish zarurligi ham ta’kidlandi.

Shuningdek, xorijdan qaytgan mehnat migrantlarini “migrantdan — tadbirkorga” tamoyili asosida qo‘llab-quvvatlash, ularning tajribasi va mablag‘larini tadbirkorlikka yo‘naltirishi uchun sharoit yaratish taklif etildi. Asosiy maqsad — fuqaroni shunchaki xorijga yuborish emas, balki uni kasbli, til biladigan, huquqlarini biladigan va munosib mehnat sharoitida ishlaydigan mutaxassis sifatida tayyorlash.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?