Asosiy kontentga o‘tish
Juma 31-iyul 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Virtual qabulxona
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Mirzo Ulug‘bek tumanidagi sayyor qabulda 142 ta murojaat joyida hal etildi

08.07.2026
90

O‘zLiDePning “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida Toshkent shahar va Mirzo Ulug‘bek tuman Kengashlari tomonidan aholi uchun navbatdagi “Sayyor qabul” tashkil etildi.

Qabulda 200 nafardan ortiq fuqaro ishtirok etib, ularning murojaatlari ko‘rib chiqildi. Jami 142 ta murojaat joyida hal etildi.

Sayyor qabuldan oldin mahallalardagi 1000 dan ortiq xonadon o‘rganilib, ehtiyojmand oilalar, yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan fuqarolar holidan xabar olindi.

Tadbir davomida eshitish moslamalari, davolanish uchun yo‘llanmalar topshirildi, ishsiz fuqarolarning bandligi ta’minlandi hamda bir qator oilalarga oziq-ovqat, dori-darmon va maishiy jihozlar ko‘rinishida amaliy yordam ko‘rsatildi.

Bunday sayyor qabullar aholi murojaatlarini joyida hal etish, inson qadrini ulug‘lash va xalq bilan ochiq muloqotni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?