Asosiy kontentga o‘tish
Payshanba 08-oktyabr 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Virtual qabulxona
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Mutasaddilar kuz-qish mavsumiga ko‘rilgan tayyorgarlik ishlari bo‘yicha deputatlarga ma’lumot berdi

07.10.2026
88

“Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhining navbatdagi jamoatchilik eshituvi o‘tkazildi. Unda viloyatda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, aholiga gaz va elektr energiyasini barqaror yetkazib berish, shuningdek, sohalarda amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
Ta’kidlanganidek, mavsumga tayyorgarlik doirasida gaz tarmoqlari va gaz taqsimlash punktlarida ta’mirlash ishlari amalga oshirilib, zarur texnika, gaz ballonlari hamda avariyaviy materiallar zaxirasi shakllantirildi. Jumladan, 6 338 ta temir-beton ustun o‘rnatilib, 230,3 kilometr elektr tarmog‘i tortildi. Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida 996,2 kilometr tarmoq va 367 ta transformator punkti mukammal, 1 775 kilometr tarmoq hamda 782 ta transformator punkti esa joriy ta’mirdan chiqarildi.
Yig‘ilishda aholi murojaatlari bilan ishlash samaradorligiga ham alohida e’tibor qaratildi. Joriy yilning 9 oyida elektr ta’minoti bo‘yicha kelib tushgan 1 118 ta murojaatning 97,8 foizi ijobiy hal etilgani, ko‘rilgan choralar natijasida murojaatlar soni o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 22 foizga kamaygani qayd etildi.
Muhokama yakunida deputatlar mas’ul tashkilotlarga kuz-qish mavsumida aholiga barqaror va sifatli xizmat ko‘rsatish, elektr va gaz ta’minotidagi mavjud muammolarni tezkor bartaraf etish, murojaatlar bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berdilar.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?