Asosiy kontentga o‘tish
Shanba 04-iyul 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Nukuslik yoshlarning biznes loyihalari qo‘llab-quvvatlanadi

03.07.2026
87

Nukus shahrida O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi, Qonunchilik palatasidagi O‘zLiDeP fraksiyasi rahbarining yoshlar bilan ochiq muloqoti bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Prezidentimiz tomonidan 30 iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan o‘tkazilgan ochiq muloqotda ilgari surilgan tashabbuslar va belgilangan ustuvor vazifalarning mazmun-mohiyati atroflicha tushuntirildi. Xususan, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bilim olishi, tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi, munosib ish o‘rinlariga ega bo‘lishi hamda iqtidorli yoshlarni rag‘batlantirishga qaratilgan yangi imkoniyatlar haqida fikr almashildi.

Shuningdek, «Xalq bilan birga» umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar va yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishga qaratilgan loyihalar haqida ham ma’lumot berildi.

Muloqot ochiq va samimiy ruhda o‘tdi. Yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldi, taklif va tashabbuslarini bildirishdi. Tadbir yakunida partiya faoliyatida faol ishtirok etayotgan bir guruh yoshlar tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Bu kabi uchrashuvlar yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyat va davlat hayotidagi faol ishtirokini yanada kuchaytirishga xizmat qilmoqda.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?