Asosiy kontentga o‘tish
Seshanba 17-mart 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Nurafshonda yoshlar bandligini ta’minlashga qaratilgan jamoatchilik eshituvi tashkil etildi

17.03.2026
18

O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Toshkent viloyati Kengashi tashabbusi bilan Toshkent viloyatida yoshlar bandligini ta’minlash, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda tadbirkorlikka jalb qilish masalalariga bag‘ishlangan jamoatchilik eshituvi bo‘lib o‘tdi. Nurafshon shahridagi Yoshlar markazida tashkil etilgan ushbu tadbirda mas’ul idoralar vakillari, mahalliy Kengash deputatlari, yoshlar masalalari bo‘yicha mutasaddilar hamda keng jamoatchilik ishtirok etdi.

Eshituv davomida viloyatda yoshlarga oid davlat siyosati doirasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilinib, yoshlar bandligini ta’minlash, “Yoshlar daftari” orqali ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, tadbirkorlikni rivojlantirish va kasb-hunarga o‘qitish bo‘yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar haqida ma’lumotlar berildi. Shuningdek, yoshlar infratuzilmasini kengaytirish, imtiyozli kreditlar ajratish va mega loyihalar orqali yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish borasidagi ishlar ham alohida qayd etildi.

Muhokamalar jarayonida yoshlar bilan ishlashdagi mavjud muammolar tahlil qilinib, ularni bartaraf etish yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi. Jamoatchilik eshituvi yakunida yoshlar bandligini yanada oshirish, tadbirkorlikka jalb qilish, kasb-hunarga o‘qitish tizimini takomillashtirish hamda uyushmagan yoshlar bilan ishlash samaradorligini kuchaytirishga qaratilgan ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?