Asosiy kontentga o‘tish
Juma 10-iyul 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Olmazor tumanidagi sayyor qabulda 152 nafar fuqaroning murojaati joyida hal qilindi

08.07.2026
81

O‘zLiDePning “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida Toshkent shahar va Olmazor tuman Kengashlari tomonidan aholi uchun navbatdagi “Sayyor qabul” tashkil etildi.

Qabulda 300 nafardan ortiq fuqaro ishtirok etib, ularning murojaatlari ko‘rib chiqildi. Jami 152 ta muammo joyida hal etildi. Shuningdek, aholi uchun bepul tibbiy ko‘rik ham tashkil etildi.

Sayyor qabuldan oldin mahallalardagi 1000 dan ortiq xonadon o‘rganilib, ehtiyojmand oilalar, yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan fuqarolar holidan xabar olindi. Tadbir davomida ularga nogironlar aravachasi, eshitish moslamalari, davolanish uchun yo‘llanmalar berildi, ishsiz fuqarolarning bandligi ta’minlandi hamda bir qator oilalarga oziq-ovqat, dori-darmon va maishiy jihozlar ko‘rinishida amaliy yordam ko‘rsatildi.

Bunday sayyor qabullar aholi murojaatlarini joyida hal etish, inson qadrini ulug‘lash va xalq bilan ochiq muloqotni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?