Oqoltin tumanidagi sayyor qabulda 68 ta murojaat joyida hal qilindi
O‘zLiDePning “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida Oqoltin tumanida sayyor qabul o‘tkazildi. Unda fuqarolarning murojaatlari tinglanib, dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Qabul davomida jami 156 ta murojaat kelib tushdi. Ular asosan tibbiyot, elektr energiyasi, ichimlik suvi, gaz ta’minoti, kadastr va ijtimoiy yordam masalalariga oid bo‘ldi. Murojaatlarning 68 tasi joyida hal etildi, qolganlari bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berildi.
Tadbirda aholi bandligini ta’minlash, yoshlar va ayollarni kasb-hunarga o‘qitish hamda yosh mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlash masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.
Bu kabi sayyor qabullar aholi bilan muloqot qilish va muammolarga amaliy yechim topishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.