Asosiy kontentga o‘tish
Seshanba 16-Sentyabr 2025-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Oyiga Rossiyaga 400 million so‘mlik mahsulot eksport qilayotgan X.Babanazarova “Ishbilarmon ayol - 2025” ko‘rik tanlovi g‘olibi bo‘ldi

19.08.2025
67

Xorazmda “Ishbilarmon ayol - 2025” ko‘rik tanlovining hududiy-respublika bosqichi yakundandi. Gʻoliblik “O‘ktamboy Xurshida” oilaviy korxonasi rahbari Xurshida Babanazarovaga nasib qildi.

– Bu men uchun juda katta sharaf va mas’uliyat, — deydi X. Babanazarova. — Biz ishchi-xizmatchilar uchun maxsus kiyimlar tikib, yetkazib beramiz. Tanlovda ishtirok etish jarayonida o‘z ishimizni, jamoamizning mehnatini namoyish etish imkoniyatiga ega bo‘ldik. Biz ishlab chiqarayotgan mahsulotlar Rossiya bozorlarida ham xaridorgir. Har oy 400 million so‘mlik mahsulotni eksportga yo‘naltiramiz. Bu nafaqat korxonamiz, balki butun viloyatimiz iqtisodiyoti uchun ham g‘urur. Kelgusida ishlab chiqarish quvvatini oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va tashqi bozorlarda o‘z brendimizni mustahkamlash niyatidamiz.

Tanlov natijalariga ko‘ra 2-o‘rin Qo‘shko‘pir tumanidan “Xosiyonli Jasur” fermer xo‘jaligi rahbari  Sayyora Turayevaga, 3-o‘rin gul bosilgan gazlamalar va chokli buyumlar yo‘nalishi bo‘yicha yakka tartibdagi tadbirkor Mehribon Tangriyevaga nasib qildi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?