Asosiy kontentga o‘tish
Yakshanba 19-Oktyabr 2025-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

O‘zbekiston – yangilanish va taraqqiyotning yangi bosqichida

18.10.2025
45

Mamlakatimizda soʼnggi yillarda ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy sohalarda tub islohotlar amalga oshirildi. Oʼzgarishlar va yangi loyihalar xalqimizni rozi qilish, aholining turmush darajasini yaxshilash, eng muhimi, inson qadrini yuksaltirish, uning huquq va erkinliklarini taʼminlashga qaratildi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev rahbarligida olib borilayotgan tarixiy islohotlar, amaliy tashabbuslar va tub yangilanish jarayonlari mamlakatimiz taraqqiyotini mutlaqo yangi bosqichga koʼtardi. Islohotlar aholining barcha qatlamlari manfaatlariga ijobiy taʼsir koʼrsatdi. Bugun respublikamizning qay bir hududiga bormang, katta-katta oʼzgarishlarga, aholining hayotdan rozi boʼlib yashayotganiga guvoh boʼlasiz.

Davlatimiz rahbarining poytaxtimiz va Toshkent viloyatidagi qator strategik ahamiyatga ega joylarga tashriflari — milliy iqtisodiyotni yuksaltirish, sanoatni modernizatsiya qilish va qishloq xoʼjaligida samaradorlikni oshirish yoʼlida amalga oshirilayotgan tizimli islohotlarning amaliy ifodasidir.

Mazkur tashrif davomida infratuzilmani rivojlantirish, agrar sohada innovatsiyani joriy etish hamda sanoat salohiyatini oshirish boʼyicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi. Аholi vakillari, fermerlar, qishloq xoʼjaligi faxriylari, tadbirkorlik subʼektlari vakillari bilan muloqot qilindi.

Taʼkidlash kerak, Toshkent viloyatida 1300 gektar maydonda qurilayotgan yangi xalqaro aeroport loyihasi — Oʼzbekistonni mintaqaviy va global transport-logistika markaziga aylantirishga qaratilgan tarixiy qadamdir.

Qiymati $2,5 milliard boʼlgan mazkur mega loyiha davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshirilayotgani bilan ham alohida ahamiyatga ega. Saudiya Аrabistonining Vision Invest, Yaponiyaning Sojitz va Koreyaning Incheon International Airport Corporation kabi nufuzli kompaniyalar hamkorligida barpo etilayotgan ushbu aeroport yiliga 20 million yoʼlovchi va 129 ming tonna yukni qabul qilish imkoniyatiga ega boʼladi.

Eng muhimi, ushbu obʼekt mamlakatimizdagi birinchi 100 foiz qayta tiklanadigan energiya manbalarida ishlovchi “yashil aeroport” boʼladi. Bu nafaqat ekologiya, balki iqtisodiy samaradorlik jihatidan ham ulkan ahamiyat kasb etadi. Mazkur loyiha mamlakatimiz aviatsiya sohasini yangi darajaga koʼtarib, kelgusi besh yilda aviaparkni 180 taga, reyslar sonini esa yiliga 200 mingtaga yetkazish imkonini yaratadi.

Quvonarlisi, mazkur megaloyiha iqtisodiyotga 27 mlrd dollardan ortiq daromad keltirishi, sanoat, xizmat koʼrsatish va turizm sohalariga kuchli turtki berishi, minglab ish oʼrinlari yaratishi kutilmoqda.

Prezidentimiz tashrif davomida Quyi Chirchiq tumanidagi “TST Rice” sholichilik klasteri faoliyati bilan tanishar ekan, qishloq xoʼjaligida ilm va innovatsiyaning ahamiyatini yana bir bor taʼkidladi. Bu yerda sholi yetishtirish va qayta ishlashning toʼliq sanoat zanjiri yoʼlga qoʼyilgan. Natijada hosildorlik sezilarli darajada oshgan — 985 gektar maydonda gektariga 70 sentnerdan ortiq hosil, ayrim maydonlarda 85 sentnergacha yetishi — bu eng yuqori koʼrsatkichlardan biri.

Joriy yilda Toshkent viloyatida 8,7 ming gektar maydonda sholi ekilib, 60 million kub metr suv tejaldi, urugʼlik sarfi 522 tonnaga kamaytirildi. Bu raqamlar mamlakatimiz qishloq xoʼjaligida amalga oshirilayotgan innovatsion agrotexnologiyalar, bozor tamoyillari va suv tejovchi tizimlarning samarasini yaqqol namoyon etmoqda.

OʼzLiDeP agrar sohadagi ushbu ilgʼor yondashuvni toʼliq qoʼllab-quvvatlaydi. Partiyamizning saylovoldi dasturida ham suv resurslaridan tejamkorlik bilan foydalanish, fermerlarni innovatsion gʼoyalar va ilmiy yangiliklarga tayangan holda rivojlantirish ustuvor vazifa sifatida belgilangan. Bu borada “TST Rice” klasterining tajribasi kelgusida butun mamlakat boʼylab amaliyotga joriy etilishi, agrar sohani yuqori rentabel tarmoqqa aylantirishi, shubhasiz.

Poytaxtimizning Yangihayot tumanida tashkil etilgan “Yangi avlod” maxsus sanoat zonasi – Oʼzbekiston sanoat salohiyatini yangi bosqichga olib chiqishdagi muhim strategik loyihadir. Bu hududda 1,2 milliard dollarlik 58 ta loyiha amalga oshirilayotgan boʼlib, ular ichida “East Can Solutions” kompaniyasining alyumin qadoq va ichimliklar ishlab chiqarish majmuasi alohida ahamiyat kasb etadi.

Qiymati 90 million dollar boʼlgan bu majmua zamonaviy texnologik uskunalar bilan jihozlangan, ishlab chiqarish jarayonlari toʼliq raqamlashtirilgan. Loyihaning ishga tushishi natijasida 60 million dollarlik import oʼrni qoplanib, 20 million dollarlik eksport imkoniyati yaratiladi. Shu bilan birga, sanoat zonasida 7,6 ming yangi ish oʼrni yaratilishi, mahalliy ishlab chiqarish tarmoqlarining rivojlanishi orqali iqtisodiyotning qoʼshimcha qiymat zanjiri kengayishi kutilmoqda.

Oʼzbekiston Liberal-demokratik partiyasi bu loyihani partiyaning “kuchli tadbirkor – kuchli iqtisodiyot” tamoyilining amaldagi ifodasi sifatida koʼradi. Innovatsion sanoat zonalari faqat ishlab chiqarishni emas, balki mahalliy ishchi kuchini, yosh mutaxassislarni va xususiy biznesni rivojlantirishga xizmat qiladi.

Prezidentimiz rahbarligida amalga oshirilayotgan mazkur islohotlar — Oʼzbekiston iqtisodiyotining yangi qiyofasini belgilayotgan, mamlakatni global raqobatga tayyorlayotgan ulkan qadamlardir. Bu tashabbuslar nafaqat iqtisodiy oʼsish, balki yangi ish oʼrinlari, zamonaviy texnologiyalar va innovatsiya madaniyatini joriy etishda ham beqiyos ahamiyatga ega.

Аktam XАITOV,

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi

O'zLiDeP fraktsiyasi rahbari

Saytni yangi dizayni yoqdimi?