Asosiy kontentga o‘tish
Seshanba 17-noyabr 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Virtual qabulxona
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

O‘zLiDeP delegatsiyasi Xitoyning robototexnika sohasidagi yutuqlari bilan tanishdi

17.11.2026
170

O‘zLiDeP delegatsiyasi joriy yilning 17–25-noyabr kunlari Xitoy Xalq Respublikasida iqtisodiyot, tadbirkorlik, sanoat, innovatsiya va zamonaviy texnologiyalar sohasida tajriba almashish maqsadida amaliy tashrif bilan bo‘lib turibdi. Delegatsiya tarkibidan partiya Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi hamda hududiy kengashlarining mas’ul xodimlari o‘rin olgan.

Tashrif davomida Xitoyning ilg‘or tajribasini o‘rganish, turli tashkilot va korxonalar faoliyati bilan tanishish, mutaxassislar bilan uchrashuvlar o‘tkazish hamda partiyalararo hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qilish rejalashtirilgan.

Xususan, 17-noyabr kuni partiya delegatsiyasi a’zolari Shanxay shahridagi Chjantszyan robototexnika vodiysi ko‘rgazmalar markaziga tashrif buyurdilar. 2020-yilda tashkil etilgan ushbu markaz bugungi kunda robototexnika sohasidagi yirik texnologik maskanlardan biri hisoblanadi. Bu yerda 100 ga yaqin kompaniya faoliyat yuritadi, robotlar ishlab chiqarishning yillik hajmi esa qariyb 13 milliard yuanni tashkil etadi.

Tashrif davomida delegatsiya robototexnika sohasidagi ishlab chiqarish jarayonlari, sanoatni avtomatlashtirish va sun’iy intellekt texnologiyalarini amaliyotga joriy etish tajribasi bilan tanishdi. Bunday ilg‘or tajribani o‘rganish mamlakatimizda zamonaviy ishlab chiqarishni rivojlantirish, innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash va tadbirkorlik uchun yangi imkoniyatlarni kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?