Asosiy kontentga o‘tish
Payshanba 23-iyul 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Virtual qabulxona
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

O‘zLiDeP raisi o‘rinbosari tomonidan Uchtepa tumanidagi 12 ta mahalladan ko‘tarilgan muammolar hal qilindi

22.07.2026
93

Uchtepa tumani Qoziguzar mahallasida O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Dilshod Shoumarov fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Hisobot davrida okrugdagi 12 ta mahallada muntazam uchrashuvlar tashkil etib, aholini qiynayotgan muammolarni joyiga chiqqan holda o‘rganganini ta’kidladi.
Qayd etilganidek, fuqarolar murojaatlari asosida ko‘plab masalalar tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etildi. Qolgan murojaatlar esa deputatlik nazoratiga olinib, ularning ijrosi izchil ta’minlanmoqda.
Shuningdek, Toshkent shahar Kengashi sessiyalari va doimiy komissiyalar yig‘ilishlarida hududlarni rivojlantirish, ijtimoiy sohani yaxshilash, kommunal infratuzilmani takomillashtirish hamda aholi murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha faol ishtirok etganini ma’lum qildi. Hisobot davrida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan 26 marta ijtimoiy tarmoqlar orqali jamoatchilikka axborot berilgan.
Uchrashuv yakunida mahalliy Kengashlar vakolatlari, deputatlik nazorati va fuqarolarning murojaat qilish imkoniyatlari haqida tushuntirishlar berildi. Saylovchilarning taklif va mulohazalari deputatlik nazoratiga olinib, ularni tegishli idoralar bilan hamkorlikda hal etish ishlari davom ettirilishi ta’kidlandi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?