O‘zLiDeP deputati vazirdan Shahrisabzda tibbiy muammolar qachon hal etilishini so‘radi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi Shaxnoza Xolmaxamatova tomonidan O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri Asilbek Xudoyarovga deputatlik so‘rovi yuborildi.
So‘rovda Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanidagi tibbiyot tizimida yuzaga kelgan muammolarga alohida e’tibor qaratilgan. Xususan, hududiy qayta tashkil etish natijasida qator muhim ixtisoslashgan tibbiy bo‘limlar Shahrisabz shahar tibbiyot birlashmasi tarkibida qolib ketgani, bu esa tuman tibbiyot birlashmasida mutaxassislar va xizmatlar yetishmasligiga olib kelayotgani ta’kidlangan.