Asosiy kontentga o‘tish
Seshanba 16-iyun 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

O'zLiDeP faoli 20 nafar urganchlik nogiron xotin-qizlarni ishli qildi

12.06.2026
89

Xorazm viloyatida “Farovon oila” aksiyasi doirasida nogironligi bo‘lgan xotin-qizlar bandligini ta’minlashga qaratilgan targ‘ibot ishlari olib borilyapti. Xususan,Urganch shahridagi “Urganch Milliy tikuvchilik” korxonasi faoliyati bilan tanishildi.

Korxona faoliyati 4 nafar ishchi bilan boshlangan bo‘lsa, bugungi kunda ishchilar soni 36 nafarga yetgan. E’tiborli jihati, kasanachilik asosida nogironligi bo‘lgan 20 nafar xotin-qiz doimiy ish bilan ta’minlangan.

Ular uchun moslashtirilgan ish o‘rinlari va qulay mehnat sharoitlari yaratilgan. Bu kabi tashabbuslar xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ularning daromad manbaiga ega bo‘lishi va jamiyatda faol o‘rin egallashiga xizmat qilmoqda.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?