O‘zLiDeP kogonlik yoshlarning biznes g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlaydi
Kogon tumani Politexnikumida O‘zLiDePning “Kreativ tadbirkor yoshlar” loyihasi doirasida faol yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi. Tadbirda yoshlarning tadbirkorlik tashabbuslari, startap g‘oyalari va ularni amaliyotga tatbiq etish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Uchrashuvda hunarmandchilikni rivojlantirish, mahsulotlarni bozorga olib chiqish, onlayn savdo ko‘nikmalarini oshirish hamda yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, “ustoz-shogird” tizimini kengaytirish va yoshlarni biznes faoliyatiga keng jalb etish bo‘yicha takliflar bildirildi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar hamda tadbirkorlik sohasidagi imkoniyatlar haqida atroflicha ma’lumotga ega bo‘ldilar.