Asosiy kontentga o‘tish
Juma 30-yanvar 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

O‘zLiDeP mahallalarda ishbilarmon ayollarni kashf qilmoqda

28.01.2026
96

“Mahallaning ishbilarmon ayoli” — xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash, ularning iqtisodiy faolligini oshirishga qaratilgan muhim tashabbuslardan biri bo‘lib, bugun u mamlakatimizning barcha hududlarida izchil amalga oshirilmoqda.

Kuni kecha ana shu loyihaning Toshkent viloyati Qibray tumanidagi “Bunyodkor” mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Ushbu loyiha doirasida tashkil etilgan saralash bosqichi mahallada faoliyat yuritayotgan tadbirkor ayollarni qo‘llab-quvvatlash, ularning biznes g‘oyalarini ommalashtirish va yangi tashabbuslarni rag‘batlantirishga xizmat qiladi.

E’tiborli jihati shundaki, ushbu loyiha chekka va olis mahallalarda istiqomat qiluvchi xotin-qizlarni ham tadbirkorlikka keng jalb etmoqda. “Mahallaning ishbilarmon ayoli” loyihasi ayollarda biznesga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirib, amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish, o‘z kuchiga ishonchni mustahkamlash hamda mahallalarda iqtisodiy faol muhitni yaratishga xizmat qilmoqda.

Tadbir davomida tikuvchilik, ta’lim, maktabgacha ta’lim va issiqxona yo‘nalishlarida faoliyat olib borayotgan ishbilarmon ayollar o‘z loyihalari va yutuqlari bilan qatnashdilar. Ular tomonidan yaratilgan ish o‘rinlari, joriy etilayotgan zamonaviy yondashuvlar hamda mahallaning ijtimoiy hayotidagi faol ishtiroki hakamlar hay’ati tomonidan yuqori baholandi. Ayniqsa, xotin-qizlar bandligini ta’minlash va ta’lim xizmatlari sifatini oshirishga qaratilgan tashabbuslar alohida e’tirof etildi va eng munosiblarga tanlovning keyingi bosqichiga yo‘llanmalar berildi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?