Asosiy kontentga o‘tish
Chorshanba 12-avgust 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Virtual qabulxona
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

O‘zLiDeP qoraqalpog‘istonlik yosh tadbirkorning biznes g‘oyasini qo‘llab quvvatlaydi

11.08.2026
86

Qoraqalpog‘istonda O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining «Kreativ tadbirkor yoshlar» loyihasi doirasida tanlov o‘tkazildi. Tuman va shahar bosqichlarida 263 ta mahalladan 3228 nafar yosh o‘zining startap, tadbirkorlik va ijtimoiy loyihalari bilan ishtirok etdi. Tanlovda yoshlarning innovasion g‘oyalari, biznes tashabbuslari va ijtimoiy loyihalari namoyish etildi.

Nukus shahri bosqichida Jadira Bolegenovaning «Eko pufik» loyihasi g‘olib deb topildi. Loyiha plastik chiqindilar va gazlama qoldiqlarini qayta ishlab, ulardan pufiklar ishlab chiqarishga qaratilgan. Bu tashabbus orqali chiqindilarni kamaytirish bilan birga, aholi uchun hamyonbop mahsulot ishlab chiqarish va kelgusida yangi ish o‘rinlari yaratish maqsad qilingan.

Tanlov yoshlarning kreativ g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash, ularni tadbirkorlikka jalb etish va istiqbolli loyihalarini amalga oshirishga ko‘maklashish uchun muhim maydon bo‘ldi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?