O‘zLiDeP sayyor qabulida 23 ta muammo joyida hal etildi
O‘zLiDeP tashabbusi bilan Andijon viloyati Baliqchi tumanida “Xalq bilan birga” umummilliy loyihasi doirasida sayyor qabul o‘tkazildi.
Qabulda 50 dan ziyod murojaat kelib tushdi va ularning 23 tasi joyida hal etildi. Jumladan, yoshlar va ayollar bandligi ta’minlash, ta’lim olishi va ijtimoiy faolligini oshirish bo‘yicha qator taklif va tashabbuslar ilgari surildi.
Shuningdek, tadbirda ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamini qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, Baliqchi tumanidagi “Markaz”, “To‘da”, “Aralxon”, “Qiyali”, “Omonariq” mahallalarida yashovchi 20 nafar kam ta’minlangan va ehtiyojmand oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi. Nogironligi bo‘lgan shaxslarga 2 ta nogironlik aravachasi, 2 ta eshitish moslamasi, 2 ta qo‘ltiqtayoq olib berildi.